2018 model yilining 15 ta avtomobili AQShning yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) tomondan o‘tkazilgan krash-testlar natijalariga ko‘ra, eng yuqori xavfsizlik bahosi Top Safety Pic+ oldi.
Ushbu institut avtomobillarni NHTSA davlat agentligidan o‘zgacharoq dastur bo‘yicha sinaydi. IIHS tomonidan amalga oshiriluvchi frontal krash-test 40 va 25 foizlik qoplash bilan, NHTSA’niki esa 100 foizlik qoplash bilan bajariladi. 40 va 25 foizlik qoplash deganda, mashina old tomonining mos ravishda 40 foizi va 25 foizi to‘siqqa uriladi. Bulardan kelib chiqib aytish mumkinki, IIHS kuzovning konstruksiyaviy mustahkamligini, NHTSA esa ko‘p darajada xavfsizlik kamari va yostiqchalari kabi xavfsizlikning passiv tizimlari ishini o‘rganadi.
Mashinalar quyidagi parametrlar bo‘yicha baholanadi: kichik qoplash (jumladan haydovchi tomondan), o‘rtacha qoplash bilan old to‘qnashuv, yon tomondan zarba berish, tomning mustahkamligi, o‘rindiqlar va bosh suyagichlar xavfsizligi.
To‘qnashuvlarning oldini olish tizimi sinaladi: 15 va 25 km/soat bilan harakatlanayotgan mashina to‘siq oldida avtomatik ravishda to‘xtashi kerak. Bundan tashqari, IIHS faralarni ham baholaydi: qanchalik yo‘lni yoritishi, qarshi yo‘nalishdan kelayotgan mashinalar haydovchilari ko‘zini qamashtirishi-qamashtirmasligi.
Shuningdek, bolalar o‘rindig‘i qanchalik yaxshi mahkamlanishi ham tekshiriladi.
Olingan ko‘rsatkichlar “A'lo”, “Yaxshi” , “Qoniqarli”, “Halokat yoqasida”, “Yomon” baholari bilan belgilanadi. Bularni shartli ravishda 5, 4, 3, 2 va 1 baho deb olamiz.
Quyida 2018 model yilining eng xavfsiz mashinalari keltirilgan:
KIA Forte
Golf-sinfga oid sedan yo‘lovchi tomondan kichik qoplash bilan to‘qnashuv va bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 6 ta “4” va 2 ta “3” bahosini oldi. Mashinaning maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Kia Soul
Xetchbek-krossover yo‘lovchi tomondan kichik qoplash bilan to‘qnashuv va bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 6 ta “4” va 2 ta “3” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Subaru Impreza
Sedan va universal bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “4+” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Subaru WRX
Sportkar bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “3” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Subaru Legacy
Yapon sedani bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “4+” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Subaru Outback
O‘rta o‘lchamli universal bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “4+” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan
Toyota Camry
O‘rta o‘lchamli yapon sedani bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “4+” bahosini oldi. Frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
BMW 5 series
Biznes-sinf sedani bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “3” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Genesis G80
Biznes-sinf sedani bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “2” bahosini oldi. Frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Genesis G90
Premial sedan bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “3” bahosini oldi. Frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Lincoln Continental
AQSh biznes-sinf sedani bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “3” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Mercedes-Benz E-Class
Nemis sedani barcha bandlar bo‘yicha “4” baho olgan. Frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Hyundai Santa Fe
Krossover yo‘lovchi tomondan kichik qoplash bilan to‘qnashuv va bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 6 ta “4” va 2 ta “3” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Hyundai Santa Fe Sport
Krossover yo‘lovchi tomondan kichik qoplash bilan to‘qnashuv va bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 6 ta “4” va 2 ta “3” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.
Mercedes-Benz GLC
Premial yo‘ltanlamas bolalar o‘rindig‘ini mahkamlash tizimi uchun 7 ta “4” va bitta “3” bahosini oldi. Frontal to‘qnashuvlar oldini olish tizimi “5”ga baholangan.