Isroillik harbiy uchta olma o‘g‘irlagani uchun jazolandi

Foto: Getty Images
Isroil armiyasi Xevron shahrida xavfsizlikni ta'minlash operatsiyasi vaqtida falastinlik sotuvchining olmasini beso‘roq olgan harbiyni xizmatdan chetlatildi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Voqea 9 dekabrda, AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi bilan bog‘liq noroziliklarni bostirish operatsiyasi vaqtida yuz bergan.
Haaretz nashrining ma'lum qilishicha, shaharda 84-piyoda askarlari brigadasi “Givati” harakat qilgan. Patrul xizmati olib borgan otryad sardori sotuvchilar tomondan mevalar bilan tashlab ketilgan rastalarga ko‘zi tushib qolgan. U rastalardan biriga borib, u yerdan uchta olma olib, askarlarga ulashgan. Bu holat videoga qayd qilingan va tvitterda joylashtirilgan.
Video namoyish qilingandan keyin armiya ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan. Aniqlanishicha, mevalar tartibsizliklar tufayli qochib qolgan falastinlikka tegishli bo‘lgan. Armiya rahbariyati harbiyning bu qilmishini “Isroil armiyasi askari va sardoriga xos bo‘lmagan xatti-harakat” deb topib, zobitni xizmatdan chetlatgan va tegishlicha jazolagan.
الخليل חברון pic.twitter.com/J2E7jPX4F2
— Ahmad Tibi (@Ahmad_tibi) December 9, 2017
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

12:50 / 06.03.2025