Saxo Bank 2018 yilda nimalar bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi

Iqtisodiyot 17:21 / 08.12.2017 16797

Daniyaning onlayn savdo va xalqaro bozorlardagi investitsiyalarga ixtisoslashgan Saxo Bank investitsiya banki «ehtimoli kam, ammo jiddiy e'tibor berilmagan» hodisalar ro‘yxatini tuzdi. Ular, bank xulosasiga ko‘ra, moliya bozorlariga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bankdagilarning «dahshatli» deb baholagan taxminlari kredit tashkiloti saytida e'lon qilingan ro‘yxatida aks ettirilgan. 

Saxo Bank bankining qayd etishicha, bu taxminlar rasmiy bozor prognozlari hisoblanmaydi. 

Shunday qilib, bankning ilk taxminiga ko‘ra, AQSh Federal zaxira tizimi o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. «Oraliq saylovlar arafasida respublikachilar va demokratlar byudjyet intizomi to‘liq mavjud bo‘lmagan holda populizmda musobaqa qilishadi. Respublikachilar tomonidan soliqlarning qisqartirilishi daromadlar miqdori sezilarli kamayishiga olib keladi. Shu bilan mamlakat navbatdagi turg‘unlik davriga kiradi», — deya izoh bergan moliya muassasasi. Alaloqibat alamni FZTdan olishadi, «AQSh moliya vazirligi esa, Ikkinchi jahon urushidan keyin bo‘lganidek, tizginni qo‘lga oladi».

Ikkinchidan,Yaponiya markaziy banki egri daromadlilikni nazorat qilishdan bosh tortishi mumkin. Inflyatsiyaning o‘sishi «iyen kursining dahshatli qulashi sababli» Yaponiya banki keng qamrovli yumshatishlar chorasini qo‘llashga majbur bo‘ladi. 

Uchinchi taxmin Xitoyning «nefteyuan»ga o‘tishinii nazarda tutadi. Bank fikricha, bu AQShning jahonga ta'siri zaiflashuvi hamda yuanlarda mahsulotlar fyucherslari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Saxo Bank moliyaviy institutiga ko‘ra, kelgusi yilda Donald Tramp siyosatidan norozi bo‘lgan 35 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklar ovoz berish uchastkalarini to‘ldiradi. Demokratik partiya siyosatchilari ommaviy iste'molga turtki berish siyosatini olib boradi. AQShning 30 yillik g‘aznachilik majburiyatlari daromadi 5 foizdan oshadi.

Bundan tashqari, 2018 yilda YeIning yangi va eski a'zolari o‘rtasida bo‘linish ro‘y berishi mumkin. Kuchlar markazi frank-german o‘qidan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari tomon og‘adi. Shunga binoan yevroning dollarga nisbatan kursi pasayishi mumkin.

Boshqa taxminlar orasida bitkoin kursining 60 ming dollargacha ko‘tarilishi ham bor. Ammo tez orada Rossiya va Xitoy yirik kapitalning mamlakatdan olib chiqilishiga chek qo‘yish maqsadida barcha ruxsat berilmagan kriptovalyutalarni taqiqlaydi. Buning oqibatida bitkoin kursi 2019 yilga kelib o‘zining asl boshlang‘ich qiymatiga pasayishi mumkin. 

Shuningdek, Zimbabvedagi o‘zgarishlardan so‘ng, Afrika mamlakatlarida siyosiy o‘zgarishlar yuz berishini inkor etmayapti. Buning oqibatida eng ko‘p foydani JAR ko‘rishi mumkin. 

Saxo Bank banki taxmin qilishicha, kelasi yil Xitoyning Tencent kompaniyasi Amerikaning Apple korporatsiyasini kapitallashuvi bo‘yicha ortda qoldiradi va dunyoning eng yirik kompaniyasiga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: