“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi xo‘l va qayta ishlangan meva sabzavot mahsulotlari eksportining hajmini yanada kengaytirish maqsadida xorijlik hamkorlar bilan aloqalarni o‘rnatib kelmoqda. Jumladan, Rossiya bu borada asosiy hamkorimiz xisoblanadi va yildan-yilga ushbu mamlakatga yuborilayotgan meva-sabzavot eksporti hajmi oshib bormoqda.
1 dekabr kuni “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi Toxirjon Jalilov Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sergey Lisovskiy bilan muzokara olib bordi.
Sergey Lisovskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya axolisi tomonidan ekologik toza, o‘zida barcha foydali elementlarini saqlab qolgan va shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘zbek meva- sabzavotlariga ehtiyoj o‘sayotganligini ta'kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, S.Lisovskiy Rossiya, O‘zbekistonda zamonaviy logistika markazlarini barpo etish borasida investitsiya kiritish taklifini bildirdi. Logistika markazlari qurilishida rossiyalik ushbu soha mutaxassislari jalb etiladi va ularning yaqin kunlarda yurtmizga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Toxirjon Jalilov ayni paytda “O‘zagroeksport” AJ Rossiyadagi savdo uylari orqali "Tander", X5 Retail Group, "Xolidey" DK, "Mariya-Ra", "Monetka" va "Chelny-xleb" savdo markazlariga muntazam meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berilayotganligini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida Rossiyadan shakar, go‘sht va baliq mahsulotlarini yurtimizga olib kelish maqsadga muvofiq ekanligi bildirib o‘tildi.