Rossiyalik milliarder O‘zbekistondagi eng yirik gaz loyihasida ulush sotib oldi

Iqtisodiyot 15:07 / 01.12.2017 31544

Rossiyalik tadbirkor Andrey Filatovning Brighttree Holding LTD kompaniyasi O‘zbekistondagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konini o‘zlashtirishni ishlab chiqish loyihasida Baxtiyor Fozilovning Altmax Holding Ltd’da 50 foizni qo‘lga kiritdi. Yangi investorning loyihadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulushi 37,5 foizni tashkil etadi, deb xabar bermoqda «Kommersant'» gazetasi.

Konni o‘zlashtirish 2017 yilning aprelida imzolangan kelishuv doirasida amalga oshiriladi. Surhan Gas Chemical Operating Company operatorining qolgan aksiyadorlariga Gas Project Development Central Asia AG (Gazprombank va «Gazprom» QK) hamda «O‘zneftgazqazibchiqarish» AK («O‘zbekneftegaz» tarkibiga kiradi) aylanadi.

Andrey Filatov Rossiyadagi yirik temir yo‘l operatorlari Globaltrans hamda «Transoyl»da, konteynerli terminallar operatori Global Ports va boshqalarda ulushga egalik qiladi.

Zaxiralari taxminan 100 milliard kubometr bo‘lgan «Mustaqillikning 25 yilligi»ni o‘zlashtirish qidiruvga qadar ishlar va konni gaz-kimyo majmuasini qurish bilan ishlab chiqishni nazarda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati taxminan 5 milliard dollarga teng, dastlabki bosqichda – taxminan 2 milliard dollar. Biroq tijoriy shartlar keyinroq muvofiqlashtiriladi, deya aniqlik kiritgan Andrey Filatovning vakillari.

«Bu istiqbolli, O‘zbekistondagi eng yirik loyihalardan biri, buning ustiga rivojlanish bosqichida turibdi – u bo‘yicha kelishuv imzolangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston bugun investitsiyalarga barcha sharoitlarni yaratmoqda», - deya aniqlik kiritdi Andrey Filatov.

Ko‘proq yangiliklar: