OAV: Kim Chen Inning zaharlangan akasining yonida zaharga qarshi emdori bo‘lgan
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Malayziyada zaharlab o‘ldirilgan akasining yonida antidot, ya'ni zaharga qarshi dori bo‘lgan, Star gazetasi moddani ekspertizadan o‘tkazgan mutaxassisga tayangan holda.
Nashrning yozishicha, Kim Chenning yelkaga osib olgan sumkasida 12 ta antropin ampulasi , bo‘lgan. U asabni shol qiluvchi moddalar va zaharlarga qarshi, VX kabi modda ta'sirini yo‘q qilishda qo‘llaniladi. Ma'lumki, aynan VX qoldiqlari Kim Chen Nam terisida topilgan edi.
KXDR fuqarosining o‘limi bo‘yicha Malayziya Oliy sudida bo‘lib o‘tgan eshituvlarda ishtirok etgan toksikolog K.Sharmila ampulalarda antidot bo‘lganini tasdiqladi.
U, shuningdek, ayblanuvchilar advokatlarining ampulalardagi yozuvlar koreys tilida bo‘lgani haqidagi da'volarini rad etdi.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chol nomiga berilgan pasport sohibi bo‘lgan KXDR fuqarosi 13 fevral kuni Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida zaharlab o‘ldirilgan edi.
Mavzuga oid

22:14
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

17:19 / 10.03.2025
KXDR Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirdi

18:41 / 05.03.2025