PayPal asoschisi okeanda suzib yuruvchi shaharlar qurishni rejalashtirmoqda

Fan-texnika 10:35 / 23.11.2017 6146

PayPal to‘lov xizmati asoschisi Piter Til dengizda “erkin odamlarning suzib yuruvchi shahri” qurishni rejalashtirmoqda. Shaharni 2020 yilgacha barpo etish rejalashtirilmoqda.

Shahar tomonlari 50 metrdan keladigan kvadrat va beshburchakli suzuvchi platformalardan mozaika prinsipi bo‘yicha yig‘iladi. Betondan yasalgan platformalar 3 qavatli binoning og‘irligini ko‘tara oladi. Butun shahar katta to‘lqinlar va kuchli shamoldan himoyalanish maqsadida balandligi 50 metr keladigan devor bilan o‘rab olinadi.

Suzuvchi platformalarda turar joy binolaridan tashqari, do‘konlar, mehmonxona va restoranlar bo‘ladi. Bundan tashqari, akvafermalar, tibbiyot va tadqiqot muassasalari hamda elektrogeneratorlar joylashtiriladi. Seasteading Institute ushbu shahar qurilishini 2019 yildan kech bo‘lmagan muddatda boshlamoqchi. Birinchi suzib yuruvchi shaharda 250-300 kishi yashay oladi.

Foto: inmyroom.ru

Ushbu antiqa shahar o‘zining texnologik vazifasidan tashqari, yana bir maqsad – mustaqil va o‘z-o‘zini boshqaruvchi jamiyat maketini yaratishni ko‘zlagan. Seasteading Institute prezidentining prognoziga ko‘ra, agar loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, unda okeanda 2050 yilga kelib minglab shunday shahar-davlatlar vujudga keladi.

Ko‘proq yangiliklar: