Bryus Lidan o‘rganish mumkin bo‘lgan 7 ta hayot darsi 

Light 16:51 / 22.11.2017 112046

Bryus Li nafaqat jangovar san'atlarning eng buyuk ustalaridan, balki aqlli, dono inson ham bo‘lgan. U tomonidan o‘zining uslubi - Jit Kun Do uchun ishlab chiqilgan asosiy prinsiplarni oddiy hayotda ham qo‘llash mumkin. Biz esa mashhur jangchining hayot maktabidagi yaxshi dars bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘gitlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Chegaralardan chiqish

Foto: Trendymen

«Agarda siz jismoniy ish bilan shug‘ullangan holda, narsalarning asl mohiyatini tushunishga cheklov qo‘ysangiz, unda hech qachon kattaroq yutuqqa erisha olmaysiz». Albatta, buyuk jangchi bu gapni biznes-treninglar emas, balki mashg‘ulotlarga kelgan o‘z o‘quvchilariga aytgan. Ammo, u faol insonning ish holatini yaxshi ko‘rsatib berishi mumkin: o‘ziga chegara qo‘yish kabi g‘oyadan ahmoqroq narsa yo‘q.

Ko‘plar xavfsiz tuyuladigan suv ortida tahdidlarni ko‘rib shu ishni qiladi. Bu aylanib turuvchi jarayonda hech qachon rivojlanish bo‘lmaydi – faqat doimiy, sekin, biroq ortga qaytarib bo‘lmas tanazzul, u oldinga istalgan harakat uchun falokatli.

Erishib bo‘lmas maqsad

Foto: Trendymen

Bryus Liga ko‘ra, maqsad – bu inson erishishi mumkin bo‘lgan yakuniy nuqta emas. Ko‘p holatlarda, bu harakatlanish jarayonining o‘zi. Yo‘l, yo‘nalish maqsadning o‘zi. Ko‘p odamlar bu prinsipni tushunmay, uzoq vaqt davomida yaratib kelingan imperiyalarni, qandaydir o‘ylab topilgan nuqtaga yetib buzib tashlaydilar.

Siz hattoki butun sayyorani egallab olgan bo‘lsangiz ham, oldinga qarab harakatlaning. Koinot cheksiz.

Ta'lim

Foto: Trendymen

«Faqat ishlaydigan narsalardan foydalaning. Ustalardan o‘rganing». Yangi narsani qabul qilishga ochiqlik – nafaqat sportdagi muvaffaqiyatlar, balki hayotdagi ham poydevor toshdir. Sizga o‘z ishingizda hamma narsani bilib bo‘lganingiz tuyulishi bilan – keyingi o‘qituvchini izlashni boshlang. Hayot o‘zini o‘zi doimiy ravishda takomillashtirib bormasa, juda qattiq hamda siz baribir aqlliroq raqibga duch kelasiz.

Omadsizlik

Foto: Trendymen

Omadsizlikning o‘zi emas, balki nomunosib maqsad – aynan mana shu kishiga zarar yetkazishi mumkin. Har bir kishida xatolar bo‘ladi hamda ularni qabul qilish va sabablarini tushunish haqiqiy donolikdir. Stiv Jobs ishini necha marta noldan boshlagan? Hamma gap shunda.

Kutilmagan xavfga tayyor turish

Foto: Trendymen

Raqib kutilmaganda paydo bo‘lishi mumkin. Jangovar san'atlar ustasi doimo hujumni kutib yashashi kerak emas – bu tez vaqt ichida uni kuchsiz, qo‘rquvga berilgan, jangga kira olmaydigan qilib qo‘yadi. Xavfni boricha qabul qilish kerak hamda o‘z ko‘nikmalarini mukammallashtirib borish lozim. Har bir inson foydalanishi mumkin bo‘lgan adolatli maslahat.

Ehtimoliy muammolar yo‘lida to‘siqlar qo‘yishning o‘rniga – o‘z yo‘lingizdan keting, aldamang va ayyorlik qilmang. Bu muhim pallada avvalgi xatolarni to‘g‘irlash uchun kuch sarflamaslik uchun kerak.

O‘zlikni qabul qilish

Foto: Trendymen

Hayotda o‘z o‘rnini topish istalgan faol inson uchun ajralmas bir qism bo‘lib, u o‘zining harakatlarini ma'qullamasdan turib imkonsizdir. Odam shuni tushunib, qabul qilishi muhim: pullar – uning haqiqiy maqsadi aysbergining faqat ustki qismi. Asosiy qism esa har doim boshqalar tomonidan majburan kiritilmagan, haqiqiy hayot tarzini tushunish va qabul qilishdir. 

Imij hech narsa

Foto: Trendymen

Kishilarning aksariyati o‘zining tashqi qiyofasiga haddan tashqari ko‘p e'tibor beradi. Albatta, siz sheriklar yoki mijozlarga ko‘rsatadigan narsa muhim. Biroq, imij uchun undan ham muhim bo‘lgan maqsadlarni qurbon qilish darajasida emas. Bryus Li shunday degan – o‘zining cheklangan energiya zaxirasini proyeksiyaga sarflashdan ahmoqroq narsa yo‘q. Uni o‘z salohiyatingizni kengaytirish uchun yo‘naltirishingiz muhimroq. Insonlarning deyarli barchasi – hamdard bo‘la oladi, ularning o‘zi sherikning ham o‘ziga, ham ishga bo‘lgan to‘g‘ri munosabatini his etadi.

Ko‘proq yangiliklar: