Xitoy hukumati ogohlantirishi bilan Apple kompaniyasi mazkur bozordagi foydalanuvchilari uchun Skype, Microsoft Corp'ning bir nechta aloqa messenjerlarini AppStore qatoridan o‘chirdi. Gap shundaki, hukumat shu turdagi mobil ilovalar mahalliy qonunchilikni buzayotgani haqida gapirgan.
Reuters'ning xabar qilishicha, Xitoyda foydalanish taqiqlangan Google xizmati, Twitter, Facebook kabi internet platformalar qatoriga endilikda Skype ham qo‘shilgan.
O‘tgan yili Xitoy hukumati Pekin siyosatiga qarshi kayfiyatidagi ma'lumot va postlarni zudlik bilan internet platformalardan olib tashlashni, algoritmni qayta ko‘rib chiqishni so‘ragandi. Microsoft vakillari ushbu so‘rovga tez javob qaytarmagan.
Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning ilg‘or kompaniyalari arzon ishchi kuchi va katta bozor tufayli milliy manfaatlarni chetga surib qo‘yayotganidan xavotirdaligini bildirgan. Uning aytishicha, AQSh kompaniyalari Xitoy qo‘ygan barcha talabni so‘zsiz bajarmoqda.