Foto: Komediya qiroli - Eldar Ryazanov tavallud topganiga 90 yil to‘ldi
18 noyabr kuni rossiyalik mashhur kinorejissyor Eldar Ryazanov tavallud topganiga 90 yil to‘ldi. Uning to‘la metrajli kinodagi debyutiga «Bahorgi ovozlar» filmi aylangandi. Biroq Ryazanovga haqiqiy mashhurlik 1956 yilda ekranlarga chiqqan «Karnaval tuni» kartinasidan so‘ng keldi. Film Lyudmila Gurchenko va Yuriy Belovni «yulduzlar»ga aylantirdi, Ryazanov esa Sovetlar Ittifoqi davridagi eng kuchli komediograflardan biri sifatida e'tirof etila boshlandi. «Omad zigzagi», «Garaj», «Gusarcha ballada», «Ishdagi ishq» va albatta «Taqdir hazili, yoki qushdek yengil bo‘ling» - bu Eldar Aleksandrovich tomonidan bir necha o‘n yil ijodiy faoliyatidagi eng mashhur filmlardan faqat ba'zilari. Ryazanov nafaqat komediya janrining ko‘p qirrali va universal ekanini ko‘rsatib berdi, balki boshqa «hududlarda» ham muvaffaqiyatli ishladi – Aleksandr Ostrovskiyning «Sepsiz qiz», Larisa Guzeyeva va Nikita Mixalkov ishtirokidagi «Shafqatsiz romans» kartinalari uning eng yaxshi ishlaridan biriga aylandi.

Eldar Ryazanov o‘zining shahar tashqarisidagi uyida, 1988 yil

Eldar Ryazanov bolaligida

Eldar Ryazanov «Italiyaliklarning Rossiyadagi sarguzashti» filmi s'yomkalarida, 1973 yil

Eldar Ryazanov «Taqdir hazili, yoki qushdek yengil bo‘ling» filmida, 1975 yil

Eldar Ryazanov Moskva viloyatidagi «Maleyevka» yozuvchilar ijod uyida, 1978 yil

Eldar Ryazanov «Taqdir hazili, yoki qushdek yengil bo‘ling» filmi s'yomkalarida, 1975 yil

Eldar Ryazanov dam olishda, 1985 yil

Eldar Ryazanov «Ikki kishi uchun vokzal» filmi s'yomkalarida

Eldar Ryazanov shahar tashqarisidagi uydagi ish stoli ustida, 1978 yil

Gennadiy Xazanov va Eldar Ryazanov «Kinopanorama» ko‘rsatuvida

Eldar Ryazanov matbuot anjumani vaqtida, 2009 yil

Eldar Ryazanov, 2012 yil
Mavzuga oid

12:14 / 02.01.2023
“Profession de fua” – yarim asrdan beri ekranlardan tushmayotgan Ivan Vasilevich

01:25 / 22.12.2018
“Uyda yolg‘iz” komediyasining davomi suratga olinadi

21:37 / 14.07.2018
Kinotanqidchilar XXI asrning eng yaxshi 50 komediyasi ro‘yxatini tuzishdi

14:22 / 23.08.2017