Valyuta mablag‘larini qayta baholashda olingan foyda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi

Iqtisodiyot 12:45 / 16.11.2017 8068

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2.09.2017 yildagi PF-5177-son prezident farmonining 7-bandi ijrosi yuzasidan  ma'lum qilishlaricha, 1.07.2018 yilgacha shunday tartib joriy etiladiki, unga ko‘ra chet el  valyutasidagi mablag‘larni qayta baholashda olingan foyda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.
 
Norma.uz’ning xabar berishicha, chet el valyutasi kursi o‘zgarishi munosabati bilan, valyutani liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni joriy etishda tegishli hisobot davrida kassa, depozit va ssuda hisobvaraqlarida, shu jumladan akkreditivlarda bo‘lgan valyuta mablag‘larini qayta baholash natijasida olingan foyda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.
 
Ko‘rsatilgan norma quyidagilarni hisoblab chiqarishda qo‘llaniladi:

•  yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
•  obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
•  yagona soliq to‘lovi.
 
Shuningdek xabarda yuqorida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha hisobotlarning qaysi satrlarida chet el valyutasini qayta baholashda olingan foyda aks ettirilishi ko‘rsatilgan.
 
Ma'lumot uchun: chet el valyutasidagi mablag‘larni qayta baholash natijasida olingan foyda deganda ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshgan summa tushuniladi.

Ko‘proq yangiliklar: