Davlat rahbari O‘zmilliybankning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berdi

Iqtisodiyot 14:15 / 16.11.2017 12849

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 13 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatda O‘zmilliybankning tashqi iqtisodiy faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda chakana bank xizmatlari ko‘rsatish sohalaridagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

Shuningdek, O‘zmilliybank O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yagona ta'sischisi bo‘lgani holda davlat banki hisoblanishi belgilab qo‘yildi. Bankni unitar korxonadan aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirish to‘g‘risida avval qabul qilingan qaror bekor qilindi.

Bundan tashqari, O‘zmilliybankka mamlakatning iqtisodiy hamkori bo‘lgan xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar, filiallar, sho‘'ba banklar tashkil etish va depozitlar sifatida Davlat byudjyeti mablag‘larini jalb etish huquqi berildi.

Ikki oy ichida bank Ustavining yangi tahriri va bank Kengashining yangilangan shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: