Rayffayzen banki O‘zbekistondagi moliyaviy muassasalari bilan hamkorlikni boshladi

Iqtisodiyot 18:40 / 15.11.2017 4684

14 noyabr kuni «Trastbank» XAB vakillarining Vena shahriga tashrifi doirasida «Trastbank» XAB va Avstriyaning Rayffayzen Bank Interneshnl rahbariyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu memorandum valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida imzolangan. Shuningdek, u mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga asoslangan holda loyihalarni va savdo amaliyotlarini moliyalashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlarni yetkazib berishni nazarda tutuvchi o‘zaro manfaatli operatsiyalarni birgalikda amalga oshirishni ko‘zlaydi.

Mazkur memorandum kichik tadbirkorlik sub'yektlariga xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar ajratish, o‘z bizneslarini tashkil etishlariga ko‘maklashish hamda yoshlar tadbirkorligi rivojlanishini yanada rag‘batlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishni nazarda tutadi.

«Biz Avstriyaning yetakchi yirik moliya muassasasi bilan hamkorlik aloqalarimizdan juda mamnunmiz». Memorandum «Trastbank» XAB va Rayffayzen Bank Interneshnl (Avstriya) hamkorligini rasmiylashtiradi va asosan birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish, xususiy tadbirkorlikni, avvalombor, mikrofirmalar va kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularni jadal rivojlanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va bank tomonidan yangi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratiladi», - deydi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi raisi Sardor Normu=amedov.

Ko‘proq yangiliklar: