Eronda zilzila qurbonlari xotirasiga motam e'lon qilindi

Foto: illyustrativ foto
Eron hukumati 14 noyabrni Eron-Iroq chegarasida yuz bergan vayronkor zilzila qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni deb e'lon qildi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq Eronning zilziladan eng ko‘p talofat ko‘rgan Kirmanshoh viloyatida 3 kunlik motam e'lon qilingandi.
Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologik markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 12 noyabrda Eron-Iroq chegarasida 7,2 va 7,3 magnitudali ketma-ket ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Tuni bilan takroriy zilzilalar to‘xtamagan: 4,9 magnitudagacha bo‘lgan 20 ta aftershok qayd qilingan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda zilzila oqibatida 450 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 7 ming odam jarohat olgan. Iroqda 7 odam halok bo‘lgani, 530 dan ko‘proq odam jarohat olgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025