Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi

Foto: smartofthehome.com
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori Prezident rasmiy saytida e'lon qilindi.
Qaror matnidan ma'lum bo‘lishicha, elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini yanada joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi komissiya tomonidan «Sagemcom» (Fransiya), «Elster GmbH» (GFR), «Landis & Gyr» (Shveytsariya) kompaniyalari va «Toshelectroapparat» MChJ XK (O‘zbekiston) bilan O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini (keyingi o‘rinlarda Loyiha) amalga oshirish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilgan.
Ishchi komissiyaning Loyiha doirasida dastlab 2 million dona elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy ta'minot, qo‘shimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnik vositalarini «Sagemcom», «Elster GmbH» kompaniyalari va «Toshelectroapparat» MChJ XKdan istisno tariqasida tender savdolarini o‘tkazmasdan xarid qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.
Ishchi komissiyasining qaroriga asosan «O‘zbekenergo» AJ va «O‘ztransgaz» AJ Loyiha doirasida hisobga olish uskunalari va qo‘shimcha vositalarni ularni respublikada ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgunga qadar ushbu bandda ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchilardan qo‘shimcha xarid qilishi mumkin.
Ishchi komissiya «O‘zbekenergo» AJ va «O‘ztransgaz» AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha bo‘yicha «Sagemcom», «Elster GmbH» kompaniyalari va «Toshelectroapparat» MChJ XK bilan yakuniy muzokaralar o‘tkazilishi va kontraktlar tuzilishini tashkil etadi.
«O‘zstandart» agentligi muzokaralar yakuniga qadar Loyiha doirasida o‘rnatiladigan hisobga olish uskunalarining turlariga nisbatan texnik talablarni tasdiqlaydi.
Qarorda belgilanishicha:
- 2020 yil 1 yanvardan Loyihaning amalga oshirish muddatiga 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 15 so‘m, 1 m. kub tabiiy gaz uchun 17 so‘m (respublikada realizatsiya qilinadigan) miqdorida zaruratga ko‘ra indeksatsiya qilinadigan hamda faqatgina Loyiha doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining jalb etilgan mablag‘larini qoplashga hamda boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan investitsiyaviy ustama joriy etiladi;
- Loyiha doirasida hisobga olish uskunalarini o‘rnatishda keyinchalik ularni davlat ko‘rigidan o‘tkazgan holda sertifikatsiya ishlarini olib borish belgilangan tartibda «O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
- hisobga olish uskunalarini o‘rnatishda plombalash «O‘zbekenergo» AJ, «O‘ztransgaz» AJ va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) ning vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi;
- Loyiha doirasida o‘rnatiladigan hisobga olish uskunalarining davlat ko‘rigi «O‘zstandart» agentligi tomonidan har 10 yilda amalga oshiriladi. Bunda hisobga olish uskunalarini davlat ko‘rigiga topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish «O‘zbekenergo» AJ, «O‘ztransgaz» AJ va Byuro tomonidan ta'minlanadi;
- iste'molchidan davlat ko‘rigidan, xizmat ko‘rsatish va boshqa ishlarni o‘tkazish uchun yechib olingan hisobga olish uskunasining o‘rniga zudlik bilan «O‘zbekenergo» AJ va «O‘ztransgaz» AJ mablag‘lari hisobidan boshqa ko‘rikdan o‘tgan hisobga olish uskunasi o‘rnatiladi.
Respublika hududiga Loyihaning texnik parametrlariga mos kelmaydigan hisobga olish uskunalari va qo‘shimcha vositalarni olib kirish taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
Mavzuga oid

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

14:28 / 24.06.2025
Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

16:12 / 12.06.2025
Energetika sohasida davlatga yetkazilgan zarar 471 mlrd so‘mdan oshdi

20:30 / 17.05.2025