Jamiyat | 00:16 / 11.11.2017
12158
2 daqiqa o‘qiladi

Mixail Zadornov Latviyada dafn etiladi

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

10 noyabrda 70 yoshida vafot etgan taniqli rossiyalik satirik Mixail Zadornov Latviyada dafn etiladi. Bu haqda artistning oilasi uning “VKontakte”dagi sahifasida ma'lum qilgan.

“Bugun, 2017 yil 10 noyabrda, soat  9.15da bizning yaqin va qadrdon insonimiz hayotdan ko‘z yumdi. Uni hayotining og‘ir damlarida qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiramiz. Mixailning istagi bilan u tug‘ilgan o‘lkasi – Latviyada dafn etiladi. Dafn sanasi va vaqti haqida keyinroq ma'lum qilamiz”, deb aytilgan xabarda.   

Satirikning oilasi uning o‘z hayoti va oila a'zolari hayotini chetdan aralashishlardan himoya qilib kelgani haqida eslab o‘tdi. “Uning istagini hurmat qilib, uning o‘limi atrofida ortiqcha mashmasha ko‘tarmaslikni so‘rab qolamiz. Biz uning hayotini va o‘limini turli tok-shoularda va boshqa teleko‘rsatuvlarda, bosma matbuot va radioda ommaviy muhokama qilinishiga hech kimga ruxsat bermaganmiz”, deyilgan xabarda. 

Zadornov 1948 yilda Yurmalada dunyoga kelgan. Televideniyeda 1982 yildan chiqa boshlagan. Satirik 10 dan ko‘proq kitob yozgan, uning asarlari orasida lirik va hajviy hikoyalar, ocherklar, pesalar bor. Zadornov uzoq vaqtdan beri onkologik kasallik bilan kurashib kelgan.  

Mavzuga oid