O‘zbekiston OPEC​ yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etishi mumkin

Iqtisodiyot 17:50 / 05.11.2017 13142

Markaziy Osiyo mintaqasidan O‘zbekiston ham OPEC tashkilotiga a'zo va kuzatuvchilar yig‘ilishida ishtirok etishi mumkin. Joriy yilning noyabr oyi so‘ngida Vena shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilishda O‘zbekiston ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistoni qirolligi vaziri Xolid al-Falih ma'lum qilgan.

4 noyabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan MDH Elektr energiya Kengashining 51-yig‘ilishida ishtirok etgan saudiyalik vazir O‘zbekistonning Venada o‘tishi rejalashtirilgan tadbirda kuzatuvchi maqomidagi ishtirokini istisno etmadi.

Vazirning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, «rejada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hali oxiriga yetgani yo‘q. Venada bu masalalar muhokama etiladi». Shuning bilan vazir jahon bozorida neftni ishlab chiqarish hajmini pasaytirishga ishora qilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov, Rossiya va Qozog‘iston Energetika vazirlari hamda Xolid al-Falih ishtirokida tor doirada davra suhbati o‘tkazildi. Unda aynan nima masalalar ko‘rib chiqilgani oshkor etilmagan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda aniqlangan neft zaxirasi 594 million barrel ekani aytiladi. OPEC tashkilotiga Ar-Riyod prezidentlik qilayotgan yilda Saudiya Arabistoni neftni global ishlab chiqarish hajmini pasaytirishga urinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: