HP kompaniyasi Samsung Electronics’ning printerlar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini sotib oldi

Fan-texnika 20:30 / 01.11.2017 7537

AQShning HP Inc. kompaniyasi Samsung Electronics’ning printerlar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini sotib olish bo‘yicha 1,05 mlrd dollarlik bitimni amalga oshirdi.  

Kelishuv doirasida Samsung ochiq bozorlardagi operatsiyalar orqali HP’ning aksionerlik kapitaliga 100 mln dan 300 mln dollargacha sarmoya kiritadi.

"Biz birgalikda bosma sohasidagi 30 yillik tajribamizdan strategiyamizni takomillashtirish, bozorda yangi imkoniyatlarni yaratish hamda mijozlarimiz va hamkorlarimizga bosma uchun noyob va yuqori innovatsion yechimlarni taqdim qilish uchun foydalanamiz", deb ma'lum qilingan AQSh kompaniyasida.

Ta'kidlanishicha, A3 formatdagi lazer printerlar bozori HP’ning o‘sishi uchun katta imkoniyat bo‘ladi. "Samsung’ning biznesi bilan HP tarmoqda o‘zida printerlar oddiyligi va nusxa ko‘chiruvchi qurilmalarning yuqori unumdorligini uyg‘unlashtirgan ko‘p vazifali A3 printerlarning eng keng assortimentini taklif qiladi", deb aytilgan HP’da.

Axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi Hewlett-Packard kompaniyasi 1939 yilda Palo-Altoda tashkil topgan.

Ko‘proq yangiliklar: