Rossiya xavfsizlik xizmati maxfiy axborot berilishi oldini oldi

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Belousov
Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmatining Kaliningrad viloyati boshqarmasi xodimlari maxfiy harbiy axborotning xorijiy maxsus xizmatlarga berilishining oldini oldilar.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda yashovchi shaxs axborotni pul evaziga bermoqchi bo‘lgan. "Mahalliy fuqaro harbiylar orasidagi tanishlari orqali axborot yig‘ish bilan faol shug‘ullangan", deb aytilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, ushbu axborotning xorijiy maxsus xizmatlarga berilishi Rossiyaning Boltiqdagi xavfsizligiga xavf solishi mumkin edi.
Jinoyatning oldini olishda gumonlanuvchini bunday turdagi harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘linmasligi haqida rasman ogohlantirish usulidan foydalanilgan.
Mavzuga oid

21:54 / 27.02.2025
Putin FXXga rossiyaliklar orasida josuslarni faolroq qidirishni buyurdi

20:44 / 04.02.2025
Rossiyalik olimlar xorijliklar bilan hamkorlik qilishdan oldin FXX ruxsatini olishi kerak bo‘ladi

00:26 / 20.08.2024
Rossiya FXX yuqori martabali generallar iste’fosiga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytildi

18:57 / 17.08.2024