Xitoy elektromobillar qo‘llanishi bo‘yicha mutlaq yetakchilikka intilmoqda

Fan-texnika 22:34 / 25.10.2017 7615

Xitoy ekologik transport qo‘llanishi bo‘yicha mutlaq yetakchilikka intilmoqda. Oxirgi yillarda amal qilgan imtiyozlar  talabni shunchalik oshirdiki, bu imtiyozlar kamaygandan keyin ham bu talab yuqori bo‘lib qolmoqda. Xitoyda ushbu soha uchun muvaffaqiyatli kechgan sentabr oyi bo‘yicha hisobot berildi. 

Sentyabrda Xitoyda sotilgan avtomobillar umumiy miqdri 2,7 mln donani tashkil qildi. Qizig‘i, bu miqdordan 78 mingta avtomobil muqobil energetika texnologiyalaridan: gibrid dvigatellar va akkumulyatorlardan foydalanadi. O‘sish 2016 yilning shu oyiga nisbatan 79 foizni tashkil qilgan.

Hisobotda aytilishicha, 2017 yilning ilk 9 oyida Xitoyda 398 mingta elektromobil xarid qilingan, o‘sish 40 foizni tashkil qilgan. Bu mashinalardan 424 mingtasi mahalliy zavodlarda ishlab chiqarilgan. Agar eksport hisobga olinmasa, unda xitoyliklar ularning avtomobilsozlik sanoati ishlab chiqaruvchi barcha mashinalarni bir dona qoldirmay xarid qiladi. Sentyabrda esa talab taklifdan o‘zib ketdi: konveyerdan 77 mingta mashina chiqqan bo‘lsa, sotilgan mashinalar soni mingta ko‘proqni tashkil qilgan.    

Elektromobillar savdolari bo‘yicha BAIC EC-Series yetakchilik qilmoqda. Xitoyda avtomobilsozlik sanoati elektromobillar ishlab chiqarish tomon yo‘naltirilmoqda. Xitoy hukumati elektromobillarning ulushi bo‘yicha maxsus kvotalar kiritgan. Unga ko‘ra, 2019 yilda ishlab chiqariluvchi elektromobillar soni umumiy mashinalar sonidan kamida 10 foizni, 2020 yilda esa kamida 12 foizni tashkil qilishi kerak.

Xitoy 2020 yilga kelib yiliga 3 mln ta yoki 2025 yilda 7 mln ta elektromobil ishlab chiqarishni istamoqda. 2018 yilda bu ko‘rsatkich bir millionga yetishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: