«O‘zbektelekom» AKdan IPTV

Fan-texnika 09:00 / 24.10.2017 28492

Bundan bor-yo‘g‘i bir necha yil ilgari televideniyeni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish, xususiy ko‘rsatuvlar jadvalini yaratish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirni nazorat qilish haqiqatga aylanishi mumkinligini hech kim tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak. Bu ishlarni bajarish uchun hech qanday kuch va super imkoniyatlarga ega bo‘lishning  zarurati ham yo‘q. IPTV– allaqachon ulanish mumkin bo‘lgan, 2012-yilda «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan, O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishning mutlaq yangi bosqichini belgilab, bugungi kunda jadal xonadonlarimizga kirib borayotgan servisdir.

Foto: O‘zbektelekom

Bugungi kundayoq IPTV – bu har bir tomoshabinga ko‘rsatuvlar namoyishini ajoyib darajada qulaylashtiruvchi, uzluksiz kengaytirib boruvchi takliflar va xizmatlar turlaridir. Siz doim eng yaxshi ko‘rsatuvlar namoyishini takroran tomosha qilishingiz mumkin! Sevimli ko‘rsatuvni tomosha qila olmadingizmi – bu ko‘ngilsiz muammo ham darhol hal etiladi. Bundan tashqari, ko‘plab – «Talab bo‘yicha video», «Ota-ona nazorati» va boshqa  servislar ham mavjud.

Foto: O‘zbektelekom

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston aholisi qanday IPTV xizmatlaridan foydalanayotganligini aniqladik, talablarga muvofiq yetakchilik – Video on Demand xizmati – ya'ni Talab bo‘yicha video xizmatiga tegishli bo‘lib chiqdi.
Masalan,  2017 yil avgust oyida o‘tgan oylarga nisbatan abonentlar tomonidan foydalanilgan IPTV Video on Demand xizmatidan operator daromadi  o‘rtacha 154 foizga oshdi. Bu davrda ko‘pchilik tomoshabinlar multfilmlar, o‘zbek ko‘ngilochar shou-dasturlari, ishlab chiqarilgan milliy kinofilmlarni talab qilishgan. 

Foto: O‘zbektelekom

Shuni aytish kerakki, «O‘zbektelekom» AK servisning kelgusi rivoji bo‘yicha jiddiy rejalarga ega. Bunda gap, xususan, Over the Top* xizmatining  joriy etilishi haqida bormoqda.

Shu bilan birga, servis faoliyati imkoniyatida – IPTV kanallari sonining ham kengaytirilishi rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda tomoshabinga 73ta kanal namoyishlari taqdim etilmoqda.

Interaktiv televideniya kirib borishi  yuqori tezlikdagi internet rivojiga, ko‘plab zamonaviy televizorlar, smartfonlar va planshetlar sonining ortib borishiga yordam beradi. 

* OTT atamasi IPTV an'anaviy xizmatlardan farqli ravishda, ma'lumotlar uzatish tarmoqlari orqali, ko‘pincha aloqa operatori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilmay turib, kontent provayderidan qurilma (pristavka, kompyuter, mobil telefoni) foydalanuvchisiga  videosignallarning yetkazib berilishini anglatadi.

Xizmatlar litsenziyalangan. Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: