Mars atmosferasidan raketa uchun yonilg‘i olinishi mumkin

Fan-texnika 00:15 / 24.10.2017 8744

Mars sayyorasini ishg‘ol qiladiganlar kelgusida uning atmosferasidan SO2'ning parchalanish reaksiyasi va uglerod monooksidi hamda kislorod aralashmasidan iborat raketa yonilg‘isini olish uchun  foydalanishlari mumkin. Ushbu usul sayyoraga parvoz qilishda yonilg‘i zahiralarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Plasma Sources Science and Technology shunga doir tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdi. 

Sayyoraning deyarli 100 foizga karbon dioksididan iborat atmosferasi "yonilg‘i zavodi"ni qurish va  SO2 dissotsiatsiyasi imkonini beradi. SO2'ning Mars atmosferasi yordamida sovuq plazma bilan dissotsiatsiyasi nafaqat raketa yonilg‘isi komponentlari zahirasiga ega bo‘lish, balki texnologiyaning Yerdagi kimyoviy elementlarni bo‘lish usullarida qanday ishlashini aniqlashga ham yordam beradi. 

Marsda yonilg‘i hosil qilish g‘oyasining o‘zi dastavval NASA uchun ilmiy-tadqiqot faoliyat davomida shakllangan. 1990 yilda chop etilgan loyiha muallifi muhandislar Robert Zubrin va Devid Beykerlar bo‘lishdi. 

Ko‘proq yangiliklar: