Kompaniyalar 5G standarti va "Avtomobil uchun hamma narsa" (Vehicle-to-Everything) ma'lumotlar almashinuv texnologiyasi ustida birga ishlaydi
LG Electronics (LG) kompaniyasi avtomobillar uchun qator yangi avlod aloqa texnologiyalarini ishlab chiqarish maqsadida Qualcomm bilan hamkorlikni boshlagani haqida e'lon qildi. Shuningdek ular transport vositalari va avtomobillar hamda transport infratuzilmasining boshqa obektlari o‘rtasida ma'lumotlar almashinuvi texnologiyalari uchun 5G standarti ustida ishlash maqsadida Janubiy Koreyada C-V2X (CellularVehicle-to-Everything) qo‘shma tadqiqot markazini ochishni rejalashtirmoqda. Bu kelgusi avlodning mustaqil boshqaruvli avtomobillaridan muvaffaqiyatli foydalanish uchun zarurdir.
Mobil innovatsiyalar sohasida tan olingan yetakchilar - LG va Qualcomm ikki kompaniyaning o‘nlab yillar davomida to‘plangan muvaffaqiyatli tadqiqotlar va ishlanmalari, shu jumladan 5G mobil texnologiyalariga oid bilimlari tajribasini birlashtiradi. Bu tarmoqqa to‘liq ulangan avtomobillarni yo‘lga qo‘yishda hayotiy muhim ahamiyatga ega. LTE imkoniyatlarini besh karra yuqori aloqa tezligi va kutish vaqtining 10 karra kamayishiga erishuvchi 5G standart tarmoqlari ma'lumotlarni real vaqt rejimida zarur bo‘lgan tezlikda yetkaza oladi.
3GPP (ThirdGenerationPartnershipProject) konsorsiumi standartlariga kiritilgan C-V2X texnologiyasi DSRC (qisqa masofaga mo‘ljallangan maxsus aloqa)dan kamroq xarajatlar bilan mavjud mobil aloqa tarmoqlariga nisbatan ikki barobar ko‘proq ish davomiyligi bilan ta'minlaydi. Yevropa va Osiyoning ba'zi mamlakatlarida sinovlar va standartizatsiya jarayonlari kechmoqda, ommaviy yo‘lga qo‘yish esa 2020 yilga mo‘ljallangan. V2X-innovatsiyalar sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan LG Electronics kompaniyasi 2013 yildan buyon jadal o‘sib kelayotgan integrallashgan ma'lumotlarni almashish va qayta ishlash bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
"LG kompaniyasi Qualcomm'ning LTE'dan to 5G'gacha bo‘lgan ilg‘or avtomobillar uchun aloqa texnologiyalari sohasidagi boy tajribasini uyg‘unlashtirish natijasida kelgusi avlod avtomobil qurilmalarini ishlab chiqarishni boshqarishni rejalashtirmoqda, - deydi LG kompaniyasining "aqlli" avtomobil qurilmalari bo‘limi vitse-prezidenti Kim Jin Yon. - Ishonchimiz komilki, Qualcomm va LG tadqiqotlar o‘tkazishda sa'y-harakatlarni birlashtirib, ushbu hamkorliksiz imkoni bo‘lmagan muvaffaqiyatlarga erisha oladi".
"Bizning LG bilan o‘tmishdagi uzoq va sermahsul hamkorligimizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomi bo‘lgan C-V2X texnologiyalarini joriy qilishga doir bu qo‘shma loyiha xavfsiz avtonom transport vositalarini ishlab chiqishga oid ilg‘or qarorlarni ishlab chiqish tamoyillariga sodiqligimizni yaqqol namoyish etadi, - deydi Qualcomm Technologies, Inc. mahsulotlarini boshqarish bo‘yicha vitse-prezident Nakul Duggal. - Avtomobil sanoatining 5G standarti tomon ishonchli harakatini inobatga olib, biz zamonamiz haydovchilarining ehtiyojlarini qoniqtirish maqsadida LG kompaniyasi bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish imkoniyatlarini sabrsizlik bilan kutib qolamiz".
Hamkorlik LG Electronics'ning Seuldagi ilmiy-tadqiqot parki bazasida yo‘lga qo‘yiladi. Kompaniyalar yaqin orada hamorlikdagi faoliyatiga start beradi.
Reklama huquqi asosida