Janubiy Koreya kompaniyasi Wi-Fi’da tezlik bo‘yicha inqilob qilmoqchi

Fan-texnika 19:10 / 23.10.2017 9194

Janubiy Koreyaning SK Telecom (SKT) uyali aloqa operatori simsiz aloqa texnologiyasini ishlab chiqdi, u ma'lumotlarni soniyasiga 4,8 gigabitga qadar bo‘lgan tezlikda uzatishi mumkin. Bu haqda The Korea Herald xabar bermoqda.

"Wi-Fi yangi standarti ishlash tezligi 5G tarmog‘iga teng yoki undan ortiq bo‘ladi, bu esa mobil qurilmalarda ishlashni ancha yengillashtiradi", - deya aytib o‘tdi SK Telecom tarmoq texnologiyalari bo‘limi rahbari Pak Chjin Xyo.

Taqqoslash uchun, hozirgi avloddagi (standart - 802.11n) routerlarning eng qimmat modellari simsiz ulanishda taxminan 2,5 Gbit/s. maksimal tezlikni ta'minlaydi. Narx bo‘yicha hamyonbop bo‘lgan modellar esa maksimum 1,2 Gbit/s.da ishlashi mumkin. Shu tariqa, yangi texnologiyalar tezlikni hozirgi standart bilan solishtirganda to‘rt barobarga oshirishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchi kompaniya so‘zlariga ko‘ra, yangi avloddagi Wi-Fi router uzatish va signalni qabul qilib olish uchun to‘rtta antenna hamda kengligi 160 Mgts. bo‘lgan kanaldan foydalanadi. Bu hozirgi avlodga nisbatan ancha barqaror ulanishni ta'minlab beradi.

Yangi qurilmani tijorat maqsadlarda keyingi yil chiqarish rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: