Tesla Xitoyda elektromobillar ishlab chiqaradi

Fan-texnika 16:58 / 23.10.2017 6246

Amerikaning Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchisi Xitoyning Shanghay shahrida o‘z korxonasini qurish niyatida. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi rejadan boxabar manbalarga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kelishuv Xitoyning xorijiy avtomobillar ishlab chiqaruvchisi bilan birinchi shunday bitimi bo‘ladi.

Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, erkin savdo zonasi hududida to‘laqonli ishlab chiqarish korxonasi quriladi hamda kompaniya mahalliy hokimiyat bilan bu borada bir qarorga kelgan.

Shu bilan birga, korxona to‘liq Tesla’ga tegishli bo‘ladi. WSJ’dan ta'kidlashlaricha, yangi zavod Tesla’ga mintaqada mashinalar eksporti uchun asos yaratib beradi.

Ko‘proq yangiliklar: