Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvadorlar va baliqchilar ozuqa-yem uchun davlat g‘allasini endi birja orqali xarid qilishadi

Foto: azernews.az
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 oktabrdagi «Chorvachilik va baliqchilik ozuqa-yem bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 845-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror matnida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ayni paytda respublikamizda 6 mingdan ziyod chorvachilik va 3 mingdan ziyod baliqchilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgani keltirilgan. Joriy yil yakunlariga ko‘ra 2.319 ming tonna go‘sht va sun'iy havzalarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda.
Qarorga asosan o‘rnatilayotgan tartibga ko‘ra, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub'yektlariga 2017 yil hosilidan boshlab g‘alla sotuvi yem-ozuqa maqsadlarida davlat resurslaridan ajratiladigan «O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi» AJ birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi.
Shuningdek, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub'yektlariga davlat resurslaridan ozuqa-yem maqsadlarida ajratiladigan g‘allaning realizatsiya qilinishi haqidagi nizom; 2017 yilning II yarim yilligi va 2018 yilning I yarim yilligi uchun davlat resurslaridan ajratiladigan g‘allaning kvotasi hajmi tasdiqlangan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
-
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi
Jahon | 11:27
-
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi
O‘zbekiston | 11:25
-
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi
Jamiyat | 11:24
Mavzuga oid

17:14 / 12.06.2025
“Yem-xashakka ketgan pullarni chiqarib olish ham osonmas” – uyida qoramol boqayotgan chorvadorlar

08:33 / 10.06.2025
Yangi hosildan bug‘doy xarid qilish choralari belgilandi

12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi

09:46 / 22.05.2025