Turkmaniston prezidenti mamlakatdagi birinchi golf-klubni ochdi (foto)

Foto: turkmenportal.com
Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida mamlakatdagi birinchi golf klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
70 gektardan ortiq maydonni egallagan yangi kompleks poytaxtning janubiy-g‘arbiy qismida, «Yulduz» mehmonxonasining yonida joylashgan.
Turkmanistondagi birinchi golf klubi tantanali ochilishidan so‘ng mamlakatdagi ilk ko‘rgazmali musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa ishtirokchilari orasida afsonaviy golfchi, golf-maydonchalari dizayneri va yaxshi niyat elchisi Jyek Niklaus ham bor edi. Aynan uning kompaniyasi - «Nicklaus design» - Ashxobodda birinchi golf-maydonini yaratish uchun loyiha-konsalting ishlarini olib bordi. Ushbu musobaqada Jyek Niklausaning sherigi 1978 va 1985 yilda AQSh ochiq turnirlarida ikki marotaba g‘olib chiqqan Endi Nort bo‘ldi.

Golfchilarning ikkinchi juftligiga esa PGA chempionati va Britaniya ochiq musobaqasi g‘olibi Nik Prays, shuningdek, AQSh ochiq chempionati va PGA g‘olibi Larri Nelson kirdi.



Mavzuga oid

21:00 / 07.03.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshladi

14:53 / 17.02.2025
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston agrosanoat sohasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

23:49 / 10.02.2025
O‘zbekistonga 115 tonna dizel noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

17:01 / 03.02.2025