Airbus va Bombardier kompaniyalari hamkorlikda samolyot ishlab chiqaradi

Fan-texnika 08:08 / 17.10.2017 4119

Yevropaning Airbus va Kanadaning Bombardier Inc. aviasozlik kompaniyalari Cseries samolyotlarini ishlab chiqarish loyihasini birgalikda amalga oshiradilar. Bunda Airbus yangi korxona aksiyalarining katta ulushini oladi, deb ma'lum qilindi Bombardier saytida.

"Airbus kompaniyasi CSeries Aircraft Limited Partnership korxonasining 50,01 foiz aksiyasini oladi. Bombardier i Investissement Québec (Kvebek viloyati hukumatining investitsion agentligi) mos ravishda 31 va 19 foiz aksiyaga egalik qiladi", deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, kompaniyalar o‘rtasidagi kelishuv 16 oktabrda imzolandi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, yangi kompaniya keyingi 20 yil ichida 6 mingta samolyot ishlab chiqaradi. CSALP’ning bosh qarorgohi va asosiy ishlab chiqarishi Kvebekda joylashadi.

"Bu barcha uchun ajoyib variantdir! Cseries o‘zining ilg‘or dizayni va ajoyib iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bizning tor fyuzelyajli samolyotlarimiz oilasiga a'lo darajada mos keladi va tez o‘sib borayotgan bozordagi xizmatlarimizni tez kengaytiradi. Ishonchim komilki, bizning Bombardier bilan hamkorligimiz savdolar va bu dasturning qiymatini keskin oshiradi", deb aytgan Airbus bosh direktori Tom Enders.

Bombardier prezidenti Alen Belmar ham Airbus’ni ideal hamkor deb atadi.

Ko‘proq yangiliklar: