Toyota nogironlar uchun ixcham prototip yaratdi

Fan-texnika 14:50 / 16.10.2017 9559

Toyota kompaniyasi "chayka qanotlari" shaklidagi eshiklar bilan jihozlangan Concept-i Ride kontsept-karining ilk suratlarini namoyish etdi. Modelning o‘ziga xos jihati - yo‘lovchi kreslosining harakatlanishida, mazkur kreslo hisobiga imkoniyatlari cheklangan odamlarning salonga kirishi osonlashadi. 

Yangi prototipning gabarit uzunligi - 2500 millimetr, kengligi - 1300 millimetr, balandligi - 1500 millimetrni tashkil qiladi. Kontsept-kar salonida ikki kreslo o‘rnatilgan bo‘lib, unda nogironlar aravachasini saqlaydigan maxsus joy ham bor. Concept-i Ride elektr quvvati bilan jihozlangan, u bir martalik zaryadda 150 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi. 

Model shuningdek kuzovning old va orqa qismlarida tashqi LED-panellar bilan ta'minlangan. 

Kontsept-kar joystik bilan boshqariladi. Uning yordamida haydovchi avtomobil yo‘nalishini o‘zgartirishi hamda  uning tezligini boshqarishi mumkin.

Ta'kidlash joizki, Toyota 2015 yilda imkoniyati cheklangan kishilar uchun Sienta kompaktvenining maxsus versiyasini taqdim etgandi. U harakatlanuvchi pandus bilan jihozlangan edi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: