Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: prezident.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 oktabr kuni sanoat va ijtimoiy soha obektlari, aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, bu boradagi qarzdorlikni bartaraf etish, ushbu yo‘nalishdagi amaliy chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati va tegishli mutasaddilar hisoboti tinglandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika Bosh prokurori, “O‘zbekenergo”, “O‘ztransgaz” kompaniyalari rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Asosiy e'tibor, avvalo, aholi, ishlab chiqarish obektlari, ijtimoiy muassasalarni tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, bu boradagi to‘lovlarning amalga oshirilishi, bugungi holat va muammolarga qaratildi.
Sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolar hali ko‘p. “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” tizimida yangilikka intilishning yetishmasligi, o‘zibo‘larchilik va talon-tarojlik holatlari mavjudligi, afsuski, hamon bu sohada muammolar saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ayrim sohalar rahbarlarining ishga sovuqqon munosabati, hamon uchrayotgan eskicha qarashlar mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini inobatga olib, bunday holatlarga o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish, ishni tashkil etishda yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etib borish vaqti kelganini ta'kidladi.
Tanqidiy tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilishda Majburiy ijro byurosi faoliyati, qarzdorliklarni undirish, huquqbuzurliklarni fosh etish, sud hujjatlari ijrosini ta'minlash, tashkiliy-huquqiy tadbirlar bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Davlat rahbari yig‘ilishda Majburiy ijro byurosi faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish, sanoat tarmoqlari mutasaddilari, mahalla faollari bilan hamkorlikni kengaytirish kabi muhim vazifalar bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iyulda kam ta’minlangan oilalarga qancha moddiy yordam ajratilgani aytildi
Jamiyat | 14:23
-
Ayrim temiryo‘l xodimlarining ish vaqti rejimi tartibga solindi
O‘zbekiston | 13:48
-
Pavel Durov Rossiyada Telegram ofisi ochilishini rad etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 6 oyda 872 ming kishi o‘z mehnat faoliyatini qonuniylashtirdi
O‘zbekiston | 13:25
Mavzuga oid

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

08:02 / 10.07.2025