Vetnamda kuchli suv toshqinlari, 54 kishi halok bo‘ldi

Jahon 10:55 / 13.10.2017 5338

Vetnamda kuchli suv toshqinlari tufayli kamida 54 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda VnExpress nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, 39 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, suv toshqinidan ko‘proq mamlakat shimolida joylashgan Xoabin viloyati zarar ko‘rgan. U yerda 17 kishi halok bo‘ldi, 15 nafar inson bedarak yo‘qoldi va to‘qqiz fuqaro jarohat oldi.

Bundan tashqari, viloyatda favqulodda holat e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: