O‘zbekiston va Qozog‘istonning yirik shaharlari avtobus qatnovi orqali bog‘lanadi

O‘zbekiston 10:30 / 13.10.2017 11003

Qozog‘iston parlamenti tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma ratifikatsiya qilindi.

Parlament quyi palatasi yalpi majlisida bayonnomani muhokama qilish chog‘ida investitsiyalar va taraqqiyot bo‘yicha vazir Jyenis Qosimbekning qayd etishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida hozirda yo‘lovchilar uchun avtobus qatnovi mavjud emas. Qosimbekning ta'kidlashicha, bu chegarani kesib o‘tishda noqulayliklar tug‘diradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bayonnoma yo‘lovchilarni avtomobil transporti orqali muntazam, muntazam bo‘lmagan va tranzit tashuvlarini amalga oshirish uchun huquqiy normalarni belgilaydi.

Ushbu hujjat O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga ijobiy turtki bo‘ladi, deya ta'kidlab o‘tdi vazir. Bayonnoma aholining harakatlanish darajasini oshirish va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga ham hissa qo‘shadi.

Vazirning aytishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston joriy yil oxirigacha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Uning ta'kidlashicha, mamlakatlarning yirik shaharlari o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlari ochiladi.

Ko‘proq yangiliklar: