Tramp Obamacare’ni chetlab o‘tishga imkon beruvchi farmonni imzolashni esdan chiqardi

Jahon 07:58 / 13.10.2017 6700

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga sog‘liqni saqlash islohoti Obamacare bandlarini chetlab o‘tishga imkon beruvchi farmonini imzolashni esdan chiqardi.

U bu farmonga bag‘ishlangan nutqidan keyin hujjatni stol ustida imzosiz qoldirgan holda chiqish tomon yo‘nalgan.

Trampning bu shoshqaloqligi atrofdagilarning kulgisini qistagan. Trampga farmonni imzolash kerakligini vitse-prezident Maykl Pens va senator Rend Pol eslatishgan.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama tomondan qabul qilingan va uning sharafiga ataluvchi Obamacare islohoti AQShda majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilishni ko‘zda tutadi. Bu farmon qabul qilingandan keyin byudjyet xarajatlari o‘sishi bilan birga, sug‘urta polislarining narxi ham oshgan.

Yangi farmon esa kichik korxonalarga Obamacare’ni chetlab o‘tib, o‘z xodimlari uchun tibbiy sug‘urta sotib olishga imkon beradi. Shuningdek, u qisqa muddatli arzon sug‘urta polislariga egalik qilish imkonini oshirishi kerak.

Tibbiy sug‘urtalashning samarali tizimini yaratish Trampning saylovoldi dasturining muhim bandlaridan biri bo‘lgan. Biroq senatda Obamacare’ni butkul bekor qilish bo‘yicha kelisha olinmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: