Xitoy bosh bojxona boshqarmasi rasmiy vakili Xuang Sunpin XXRning KXDRdan importi sentabr oyida 37,9 foizga kamayganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida Xitoyning KXDRga eksport hajmi birinchi marta salbiy o‘sishni qayd etdi - 6,4 foizga kamaydi. Sentyabr oyida eksport 6,7 foizga qisqardi. Shu bilan birga, KXDRdan Xitoyga import yetti oydan beri to‘xtovsiz kamaymoqda. Joriy yilning sentabr oyida bu ko‘rsatkich 37,9 foizga tushib ketdi», - degan Xuang Sunpin.
Uning aniqlik kiritishicha, Shimoliy Koreyadan ko‘mir, temir rudasi va kiyim-kechak importi qisqargan.