Sun'iy intellekt saraton hujayralarini aniqlamoqda

Jamiyat 21:25 / 12.10.2017 8546

DNKni tartiblash Lyoven Biologiya markazi olimlariga matematiklar, biomuhandislar va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar bilan birga SCENIC kompyuter dasturini yaratish imkonini berdi. Mazkur dastur inson organizmidagi sog‘lom va nosog‘lom hujayralarni farqlay oladi, deyiladi Nature jurnalida. 

Sun'iy intellekt asosida boshqaruvchi mexanizmlarni tushunishga imkon beruvchi genlar ekspressiyasi shablonlari tahlili yotadi. Mazkur usulning samaraliligi tajriba yo‘li bilan tekshirildi: tizim sichqonlar va odam miya to‘qimalari namunalarini tahlil qilishga yo‘naltirildi. Yetakchi biologlar va onkologlar bilan birga tuzilgan dasturiy qarorlar sun'iy intellektga nosog‘lom to‘qimalar va o‘lik hujayralarni xatosiz aniqlash imkonini berdi. 

Olimlarning ta'kidlashicha, sun'iy intellekt va mashina ta'limidan foydalanish diagnostik jarayonlarni sezilarli ravishda tezlashtiradi.

Ko‘proq yangiliklar: