Shimoliy Koreya Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan oldi

Jahon 21:40 / 12.10.2017 29919

KXDRda dunyoning yangi siyosiy xaritasi nashrdan chiqdi, unda Qrim Rossiya ranglariga bo‘yaldi. Bu haqida RFning Shimoliy Koreyadagi elchixonasi o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi. 

"Ilmiy ensiklopediya" nashriyoti (KXDR) yangi siyosiy dunyo xaritasini nashrdan chiqardi. Shunisi diqqatga sazovorki, unda Qrim yarim oroli Rossiya ranglariga bo‘yalgan. KXDR TIVda ma'lum qilinishicha, Respublika Qrimda bo‘lib o‘tgan referendum natijalarini hurmat qiladi, uning yakunlarini qonuniy va xalqaro-huquq normalariga to‘liq javob beradi, deb hisoblaydi", - deyiladi manbada. 

Elchixonada ta'kidlanishicha, Pxenyan shu tariqa Qrim referendumi yakunlarini tan olgan. Shuningdek idorada Pxenyan Kuril orollarining mansubligi masalasida ham shunday munosabatda ekanini qo‘shimcha qilgan.

Ta'kidlash joizki, o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, Qrim 2014 yilning martidan Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. Yarim orol aholisi ko‘pchilik bo‘lib RF tarkibiga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: