Rossiyada 200 va 2000 rubl qiymatdagi yangi banknotalar taqdim etildi

Jahon 13:40 / 12.10.2017 26385

Rossiya Banki raisi Elvira Nabiullina va mamlakat «Davlat belgilari» shirkati bosh direktori Arkadiy Trachuk matbuot anjumani vaqtida nominal qiymati 200 va 2000 rubl bo‘lgan yangi banknotalarni taqdim etishdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Yangi qog‘oz pullarning taqdimoti Moskva - Vladivostok - Sevastopol teleko‘prigi shaklida o‘tkazildi.

Yangi banknotalar 2017 yil oxirigacha muomalaga kiritilishi kerak.

Banknotalar bosqichma-bosqich joriy etiladi, bu pullarni qalbakilashtirishga qarshi xalqaro amaliyotdir, degan Nabiullina.

«Bugungi kundan boshlab banknotalar muomalaga kiritilishi uchun yetkazib beriladi. Oktyabrda yangi banknotalarni birinchi bo‘lib ularda tasvirlangan hududlar, - Uzoq Sharq, Qrim va Moskva oladi, - dedi u. – Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, banknotlarning ommaviy tarzda muomalaga kiritilishi dekabrda boshlanadi, banklar hamda savdo korxonalari ham bu muddatga qadar tayyor bo‘lishadi».

Foto: TASS
Foto: TASS

Bankomatlar va qabul qiluvchi qurilmalar dekabrga qadar yangi pullarni qabul qilib olishga tayyor bo‘ladi. «Biz bankomatlar va qabul qiluvchi qurilmalarni namunalar orqali sinovdan o‘tkazdik, hozirda barcha bankomatlar va to‘lov terminallarini jonli banknotalar bilan ishlash uchun tayyorlashimiz kerak. Bizning fikrimizcha, dekabrga qadar butun tizim tayyor bo‘ladi», - deydi Nabiullina.

Foto: TASS
Foto: TASS

 
Ikki yuz rubllik banknotalarning xizmat muddatini ko‘paytirish uchun qog‘oz substratiga maxsus polimer bilan ishlov beriladi.

Yangi banknotalar uchun ramzlar Rossiya bo‘ylab ochiq ovoz o‘tkazish jarayoni yakunlariga ko‘ra tanlandi. 200 rubllik pul birligida Qrimdagi Xersones va Sevastopolda suvga cho‘kib ketgan kemalarga o‘rnatilgan haykal, 2000 rublik banknotada esa - Vostochniy kosmodromi hamda Vladivostokdagi Russkiy oroliga ko‘prik tasvirlangan.

Ko‘proq yangiliklar: