Messi Argentina safida 10 oydan beri gol urayotgan yagona futbolchi bo‘ldi

Sport 08:43 / 12.10.2017 9639

Janubiy Amerikada 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi yakunlangandan keyin, Argentina terma jamoasi xususida antiqa holat aniqlandi: 2016 yil noyabridan beri bu terma jamoa gollarining muallifi bir odam – Lionel Messi ekan.

Argentina oxirgi 6 ta rasmiy uchrashuvda raqiblari darvozasiga 5 ta gol kiritgan. Ulardan 4 tasida Messi o‘zini ko‘rsatgan, yana bitta gol avtogol bilan urilgan. 2016 yil noyabrda Argentina Kolumbiyani 3:0 hisobida mag‘lub qilgan. Ushbu o‘yinda Messidan tashqari, Anxel Di Mariya va Lukas Pratto ham o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yishgan. 

Ta'kidlash joizki, aynan Leoning saralash bosqichining so‘nggi turida Ekvadorga qarshi uchrashuvda urgan uchta goli Argentinani JCh final bosqichiga olib chiqdi. Argentina uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, saralash bosqichini 3-o‘rin bilan yakunladi.

Ko‘proq yangiliklar: