Inson ruhiy quvvatini so‘rib oluvchi 11ta eng yomon odat

Light 21:00 / 12.10.2017 52204

Har qanday insonda turli vazifalarni bajarishga sarflanadigan ma'lum bir miqdordagi ruhiy quvvat zaxirasi bo‘ladi. Agar bu quvvat tugasa, samaradorlik keskin tushib ketadi. Zarur resurslarsiz qolib ketmaslik uchun ushbu 11 odatdan voz kechish kerak, deb yozadi Layfxaker.

1. Rejaning yo‘qligi

Qanchalik ko‘p qaror qabul qilsangiz, shunchalik ko‘p ruhiy quvvatingizni sarflaysiz. Bu holda qarorlar o‘ta muhim bo‘lishi, shuningdek arzimas (aytaylik, qaysi ko‘ylakni kiyishni tanlash) bo‘lishi ham mumkin.

Har qanday qaror uchun inson quvvat sarflaydi. Shu sababli ko‘plab insonlar ataylab o‘zlarini chegaralab olishadi. Barak Obama, Stiv Jobs va Mark Tsukerbergning garderobiga e'tibor bering. Ularning har biri ko‘pincha omma oldida doimo bir xil kiyimda namoyon bo‘ladi. Amerikalik ishbilarmon va iqtisodchi Set Godin esa hech qachon nonushtasiga xiyonat qilmaydi — u banan va yong‘oqli kokteyldan iborat.

Yechim: har kuni kechqurun ertalabga reja tuzing. Avvaliga unga muhim vazifalarni kiriting. Ro‘yxatni zaruriyatga ko‘ra yangilab boring.

 

2. Haddan ziyod rejalashtirish

Haddan tashqari rejalashtirish ham ziyonli bo‘lishi mumkin. O‘z vazifalaringiz ro‘yxatini ish, oilaviy uchrashuvlar, sport bilan shug‘ullanish kabi narsalar bilan to‘ldirishdan osoni yo‘q. Lekin bularning hammasini bajarish qiyin.

Dam olish uchun bo‘sh vaqtga ega bo‘lish — muvozanatlashgan turmushning eng asosiy jihatlaridan biri. Buni osongina unutish mumkin, biroq albatta hordiq chiqarish kerak.

Yechim: kunlik rejangizda sizni tinchlantiruvchi mashg‘ulotlarga joy qoldiring. Bu qandaydir hobbi yoki kitob mutolaasi bo‘lishi mumkin.

 

3. Tartibsizlikka e'tiborsiz bo‘lish

Ish stolidagi tartibsizlik, sermahsullik kabi muhim ahamiyatga ega emas, deb o‘ylash mumkin. Biroq mahsuldorlik bu joy qanchalik tartibli yig‘ishtirilganiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘zga tushuvchi ma'lumotlarning ko‘pligi diqqatingizni jamlashga harakat qilgan chog‘ingizda miyaga katta ta'sir o‘tkazadi.

Stolingiz ustida e'tiborni jalb qiluvchi ko‘plab narsalar sochilib yotsa, diqqatni jamlash uchun ko‘proq ruhiy quvvat sarflanadi. Garchi ular tovush chiqaruvchi va titrovchi smartfon va shu kabi narsalar emas, qistirg‘ich, yon daftarlar yoki choy ichib tugatilmagan piyola bo‘lsa ham.

Yechim: Nafaqat ish stolingizda, qayerdaki mumkin bo‘lsa, doimo tartibga rioya qiling. Bu diqqatni jamlashga yordam berib, shunchaki sizni tinchlantiradi.

 

4. Ishni keyinga siltash (prokrastinatsiya)

Miyangiz charchaganini sezgan zahotingiz, barcha ishni keyingi qoldirish uchun rag‘bat paydo bo‘ladi. Ba'zan bu ma'noga ega bo‘ladi: o‘zingizning bor kuchingiz bilan harakat qilishdan charchab qolsangiz, muhim loyiha ustida ishlash juda qiyin bo‘ladi. Biroq prokrastinatsiya ruhiy quvvatga yomon ta'sir o‘tkazishi ham mumkin.

Ishga hoziroq urinish kerakligi yoki uni biroz ortga surishga qaror qilish uchun ham kuch ketadi. Bajarilmagan ishni eslash uchun ham kuch sarflana boshlaydi. Bularning barchasi aqliy zaxiralarning kamayishiga olib keladi.

Yechim: Ikki daqiqa qoidasiga amal qiling: agar ishni shu vaqt ichida qilishga ulgursangiz, uni aslo keyinga qoldirish haqida o‘ylay ko‘rmang. Shu bilan birga, diqqatning jamlanishiga salbiy ta'sir o‘tkazmasdan ikki daqiqalik tanaffus ham qilib olish mumkin.

 

5. Haddan ziyod batartiblik (perfektsionizm)

Ideal natijaga harakat qilish — bu juda yaxshi odat, lekin har narsada bo‘lgani kabi, bunda ham me'yor bo‘lgani ma'qul. 10tadan 10ta vazifani bajarishga intilib, juda ko‘p vaqt sarflash mumkin, lekin sizning haddan ziyod kuch sarflaganingiz umuman e'tiborsiz qolib ketish ehtimoli ham bor.

Ish yaxshi bajarilganini, uni davom ettirishdan ma'ni yo‘qligi tushungan zahotingiz to‘xtashga o‘rganganingiz ma'qul. Siz bir soat ter to‘kib mehnat qilgan xatni o‘qib chiqishga boshliqning bir daqiqadan ham kamroq vaqti ketadi.

Yechim: Ish natijasidan qoniqqaningiz xususida o‘zingizga savol bering. Ideal natijaga erishish uchun tonnalab ruhiy quvvatni sarflamang. Shunchaki, ishni yaxshi bajaring.

 

6. Ko‘pvazifalilik

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, kognitiv nuqtai nazarda ko‘p vazifalilik nihoyatda samarasiz hisoblanadi. Bir ishdan ikkinchisiga o‘tish hech qachon izsiz ketmaydi: har safar siz bekorga quvvat sarflaysiz.

Lekin ba'zi bir insonlarda aksincha, ko‘p vazifalilik tufayli mahsuldorlik osha boradi. Agar siz shundaylarga taalluqli bo‘lsangiz, bu punkt siz uchun emas, ishingizda davom etavering. Lekin aksariyat ish bitta bo‘lsa uni yaxshiroq amalga oshirishadi.

Yechim: Bir vazifalilikni odatga aylantiring. Pomodoro texnikasidan foydalanib, bir maqsad uchun 25 daqiqa diqqatni jamlash, so‘ngra miyaga tezda dam berishni o‘rganing.

 

7. Qayd etib borishni istamaslik

Boshingizda qanchalik ko‘p ma'lumot saqlay boshlasangiz, shunchalik ko‘proq quvvat sarflay boshlaysiz. Bu xaridlar ro‘yxati, dam olish kunlarida hordiq chiqarishga joy tanlash, hatoki kimningdir telefon raqamiga bog‘liq bo‘lsa ham. Toki bu narsalar yozib qo‘yilmas ekan, miyaning qo‘shimcha kuchlanishiga sabab bo‘ladi.

Qaydlarni yozib borish juda oddiy va foydali. Qaydlar bitish uchun yaratilgan ilovalar yordamida hattoki miyangiz butkul boshqa vazifalar bilan band bo‘lsa ham, muhim narsalarni hech qachon esdan chiqarmaysiz.

Yechim: qaydlaringizni qog‘ozda yoki elektron ko‘rinishda bitib boring. Qog‘ozga yozayotgan chog‘ingizda siz go‘yoki miyangizga «Bo‘shashaver, do‘stim, men sening o‘rningga ishni qilib qo‘ydim» deyayotgandek bo‘lasiz. Shuningdek, yozib qo‘yilgan narsa xotirada yaxshi qoladi, deb hisoblashadi.

 

8. Yomon ovqatlanish

Yeyayotgan narsalaringiz ham samaradorlikka ulkan ta'sir ko‘rsatadi. Oq non, guruch, rafinadlangan shakar kabi glikemik indeksi yuqori bo‘lgan oziqlar sizga darhol quvvat beradi. Biroq ular iste'mol qilingandan so‘ng darhol sarf bo‘ladi va charchoq keltirib chiqaradi.

Turli donli ozuqalar, meva-sabzavotlar, oqsil miqdori yuqori bo‘lgan ovqatlar kabi glikemik indeksi kam bo‘lgan mahsulotlar quvvatni sekin-asta oshirib, uning uzoq vaqt saqlanishiga sabab bo‘ladi.

Yechim: Ovqatlanish tizimiga biroz o‘zgartirish kiritib, keskin farqni ilg‘ab olish mumkin. Yong‘oq, baliq va yangi uzilgan mevalardan ko‘proq yeng. Kofeinga bog‘lanib qolmang. To‘g‘ri, u yordam beradi, biroq vaqtinchalik.

 

9. Suv yetishmasligi

Yetarli miqdorda suv iste'mol qiling. Aynan qancha ichish kerakligi bahsli masala, lekin kuniga olti-sakkiz stakan suv ichsangiz, o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz. Organizmning biroz suvsizlanishi ham salomatlik va samaradorlikka salbiy ta'sirini o‘tkazadi.

Agar siz gazlangan ichimliklar, kofe va choy ichishga ko‘nikkan bo‘lsangiz, suvga o‘tish oson bo‘lmaydi. Lekin baribir shunday qilish kerak.

Yechim: Agar siz o‘zingizni ko‘proq suv ichishga majburlashga qiynalsangiz, My Water Balance kabi maxsus ilovalardan foydalaning. U kuniga qancha ichish kerakligi va chog‘lantirishda yordam beradi.

 

10. Uyqu yetishmasligi

Hech narsa uyqu kabi insonga kuch-quvvat bermaydi. Uyquning yetarli miqdori vazifalarni sifatli bajarish va holdan toymaslikka ko‘maklashadi.

Agar siz kam uxlasangiz, ertasiga miyangiz barcha resurslarini ishga tushirmaydi. To‘g‘ri, ularning bir qismini kofein yordamida «uyg‘otish» mumkin, biroq sekin-asta unga nisbatan ham organizmda immunitet shakllanadi. Bundan tashqari, kofe va energetik ichimliklar tufayli kamroq uxlash odati shakllanadi va shu sababli charchoq tezda o‘tib ketadi.

Yechim: Organizmingizga qancha uyqu talab etilsa shuncha bering. Agar siz kun bo‘yi charchoq his qilsangiz, ko‘proq uxlashingiz kerakligi aniq. Insonlarning ko‘pchiligiga kuniga 8 soatlik uyqu talab etiladi, shu sababli bu sondan qoching va o‘zingizning holingizga qarab, qancha kerak bo‘lsa shuncha uxlang.

 

11. Sevimli mashg‘ulotlardan voz kechish

Agar yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasi e'tiborga olinsa, sevimli mashg‘ulotlarni unutish mumkin yoki ular uchun vaqt qolmaydi hisob. Hobbi, videoo‘yinlar, futbol, kitob mutolaasi yoki rivojlantiruvchi kurslar — bunday ro‘yxatni bemalol yana davom ettirish mumkin.

Yechim: Kunduzgi rejaga siz usiz yashay olmaydigan mashg‘ulotni kiritish lozim bo‘lsa — ikkilanmay kiritavering. Balkim siz kunni 20 daqiqalik sevimli mashg‘ulotingizdan keyin boshlaganingiz osonroq bo‘lar. Sizni tinchlantiruvchi, yuzingizga tabassum jo qiluvchi va hayotdan bahra olishingizda asqotuvchi barcha narsani kun tartibingizga albatta kiritishingiz kerak.

Ko‘proq yangiliklar: