XVJ: jahon yangi moliyaviy inqiroz tahdidi ostida

Iqtisodiyot 11:15 / 12.10.2017 14772

Jahon iqtisodiyoti boshdan o‘tkazayotgan ayni paytdagi bexavotir davrlar uzoq muddatli risklar, chunonchi G20 davlatlarining 135 trillion dollarlik qarz yukini maskirovka qilmoqda, deb ogohlantirgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi. Bu haqda Financial Times nashri yozgan.

Nashrning eslatishicha, jamg‘arma kelgusi yillarda jahon iqtisodiyotining o‘sishiga doir o‘z prognozlarini yangilagan. XVJdagilarning qayd etishlaricha, ijobiy sifatli iqtisodiy sharoitlar turli risklarga nisbatan ishtaha hosil qiladi. Lekin bu omil 2008 yilgi inqirozdan so‘ng markaziy banklarning siyosati bilan yangi umumbashariy inqiroz uchun asos tayyorlamoqda.

«Garchi vaziyat osoyishta tuyulsa-da, qaltislik sekin-asta rivojlanmoqda va e'tiborsiz qoldirilmoqda. Bu umumbashariy iqtisodiy tiklanishning chayqalishiga sabab bo‘lishi mumkin», — degan XVJning moliyaviy barqarorlik bo‘yicha nazoratchisi Tobias Adrian.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yaxshi davrlar o‘ziga bo‘lgan moliyaviy ishonchning o‘sishiga xizmat qiladi va bebiliska xarajatlarning tarqalishiga yaxshi ta'sir ko‘rsatadi.

XVJning «Umumbashariy moliyaviy barqarorlik» deb ataluvchi hisobotida agar ishlar shu yo‘nalishda davom etadigan bo‘lsa, jahon yangi moliyaviy inqirozga duchor bo‘lishi, uning natijasida aksiyalarning bahosi 15 foizga, ichki narxlar 9 foizga pasayishi, umumbashariy YaIM 1,7 foizga qisqarishi mumkin.

Bunday inqiroz jahon 2008 yilda mubtalo bo‘lgan inqirozdan uch barobar kuchsizroq bo‘ladi. Lekin XVJning ta'kidlashicha, baribir keng miqyos va sezilarli darajada yuz beradi..

Eslatib o‘tamiz, XVJ hisobotida O‘zbekistonda valyuta inflyatsiyasi 2017 yil so‘ngiga qadar 13 foizgacha o‘sib borishini ta'kidlagan. 2018 yil pul-kredit siyosatida valyuta inflyatsiyasi 12,7 foiz bo‘lishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonda YaIM yillik o‘sish darajasi 2017-2018 yillardagi davr uchun 6 foiz bo‘lishi taxminlangan.

Ko‘proq yangiliklar: