Filippin prezidenti giyohvandfurushlarni o‘ldirishni to‘xtatishga buyruq berdi

Jahon 23:30 / 12.10.2017 8828

Giyohvandfurushlikka qarshi qat'iy choralar tarafdori bo‘lgan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko‘chalardagi mayda giyohvandfurushlarni o‘ldirishni to‘xtatib, yirik og‘ufurushlarga e'tiborni kuchaytirish lozimligini aytdi. U bu haqda 12 oktabrda aytgan.

Dutertening matbuot kotibi Ernesto Abellaning aytishicha, giyohvandfurushlarning ko‘chadagi savdosi huquq-tartibot idoralarining unumli ishi sabab ancha kamaygan va endi ishni giyohvandlikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari o‘z qo‘llariga olishlari kerak.

Duterte 2016 yil may oyida lavozimini bajarishni boshlashi bilanoq Filippinda giyohvandlikka qarshi kurashni boshlab yuborgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Duterte topshirig‘i bilan giyohvandfurushlarga qarshi operatsiyalarda 12,5 mingga yaqin kishi bartaraf etilgan, ulardan deyarli 4 yarmi mingi politsiyachilar tomondan o‘ldirilgan. Xalqaro huquqni himoyalash tashkilotlari Dutertening bunday siyosatini tanqid qilib kelishadi.

Ko‘proq yangiliklar: