AQSh YuNeSKOdan chiqishini ma'lum qildi

Jahon 20:20 / 12.10.2017 11420

AQSh YuNeSKOni ushbu tashkilotdan chiqishi haqida xabardor etdi, deya ma'lum qilgan Davlat departamenti.

"Bu qarorni qabul qilish oson kechmadi. U AQShning YuNeSKOdagi a'zolik to‘lovlari bo‘yicha qarzdorligi oshib borayotgani, tashkilotni fundamental isloh qilish zarurligi va YuNeSKOdagi Isroilga qarshi kayfiyat saqlanib qolayotgani bilan bog‘liq tashvishlarni aks ettiradi", - deyiladi Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning bayonotida.

Qaror 2018 yilning 31 dekabr kuni kuchga kiradi. Biroq Vashington tashkilotda kuzatuvchi maqomida qoladi.

YuNeSKO rahbari Irina Bokova Vashingtonning bunday qaroridan afsusda ekanini bildirdi. Uning eslatishicha, 2011 yilda, Vashingtonning tashkilotdagi moliyaviy ishtiroki to‘xtatilgach, u “YuNeSKO AQShga hech qachon juda ham kerak bo‘lmagani, hamda AQSh ham tashkilot uchun hech qachon muhim o‘rin tutmagani” haqida gapirgan.

"Bu haqiqat bugun yanada aniqroq ko‘rindi. Ekstremizm va terrorizmning o‘sishi esa tinchlik hamda erkinlik uchun, irqchilik va antisemitizm bilan kurash sharoitida uzoq muddatli yangi qarorlarni talab qilmoqda", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

YuNeSKO – BMTning ta'lim, ilm-fan va madaniyat masalalari uchun javob beruvchi ixtisoslashtirilgan muassasasi bo‘lib, 1945 yilda tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Parijda joylashgan. YuNeSKO tarkibiga qariyb 200 davlat kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: