Qozog‘istonda O‘zbekistondagi talab tufayli kartoshka narxi keskin oshib ketdi

Iqtisodiyot 14:55 / 11.10.2017 34206

O‘zbekistonda kartoshkadan ko‘p hosil olinmayotgani tufayli Qozog‘iston ichki bozorida kartoshkaning narxi keskin o‘smoqda. Bu haqda Qozog‘iston Kartoshka va sabazavotchilik uyushmasi boshqaruv raisi Qayrat Bisetayev ma'lum qilgan.

Ayni paytda Qozog‘iston bozoridagi kartoshkaning o‘rtacha narxi avgust oydagi 80 tenge ko‘rsatkichidan 150 tengegacha ko‘tarildi.

«Butun avgust va sentabr oyida qo‘shni mamlakatda kartoshkaga bo‘lgan talab yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonlik xaridorlar kartoshka mahsulotlarini faol tarzda sotib olishi hisobiga ichki bozordagi narx-navo siyosati ham beqaror bo‘lib qolgandi. Shu kunlarda O‘zbekistonda hosilni yig‘ishtirib olish davri boshlandi. O‘ylaymanki, bu zaxira ulardagi ichki bozorni kelgusi ikki oy davomida bemalol ta'minlashga yetadi», deydi u.

Mutasaddi vakilning fikriga ko‘ra, Qozog‘iston ichki bozordagi talab va taklif muvozanatini mo‘'tadil saqlab turish va sun'iy pul inflyatsiyasini kelib chiqishini bartaraf etish uchun ayrim tovarlarga, xususan kartoshka eksportiga qo‘yilgan boj to‘lovini oshirishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: