Ekspert: Sochidagi uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari yangi bosqichga chiqqaniga ishora qiladi

O‘zbekiston 19:15 / 11.10.2017 23155

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin o‘rtasidagi Sochi shahrida tashkil etilgan uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar yangi bosqichga chiqqanini ramziy ma'noda isbotlab berdi. Negaki, unda Vladimir Putin tomonidan ikki davlat o‘rtasida kelishilgan shartnomalar amalda yaxshi natija berilayotgani, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi shu yilning 8 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga o‘sganini ta'kidlangan.

Rossiya FAA Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Andrey Grozinning aytishicha, 2016 yil oxiridan boshlab, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar turli sohalarda ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda.

«​Yangi prezident boshchiligidagi mamlakatga katta umidlar bog‘lanmoqda. Gap bu yerda birinchi galda siyosiy demoktratiya istiqbollari haqida emas, siyosiy tizimni isloh qilish, ya'ni oddiy insonlarning qadr-qimmatini olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiiy islohotlar bilan ifodalashini tushunish lozim»​, deydi u.

Grozinning ta'kidlashicha, rus tadbirkorlari O‘zbekistonda faoliyat olib borishi uchun eng yaxshi palla yaqinlashib kelmoqda. Mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bir nechta qonun va qarorlar qabul qilingan bo‘lib, amalda bular kafolatlanishi hukumat tomonidan ta'minlanadi.

«Bu tadbirkorlar uchun yaxshi va qulay imkoniyat demak. Mirziyoyevning Moskvaga tashrif buyurishi ikki davlat rahbarlarining 16-17 milliard dollarga teng shartnomalar to‘plamini imzolashi bilan tugagan edi. Sochidagi uchrashuv esa ana shu hamkorlikning yangi bosqichga chiqishiga ishora qilmoqda», deb fikrini yakunlagan mutaxassis.

Ko‘proq yangiliklar: