Chili terma jamoasi FIFAga qilgan shikoyati tufayli jahon chempionatiga chiqolmadi

Sport 14:50 / 11.10.2017 11976

Chili hozircha JCh-2018 saralashining eng omadsiz terma jamoasi bo‘lib turibdi.

Janubiy Amerikaning amaldagi chempioni saralash guruhida 6-o‘rinni egalladi va 5-o‘rinni egallagan Peru bilan bir xil ochko to‘pladi. Ammo «La Roxa» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha keyingi bosqichga chiqolmadi.

Vaziyatning kulgili tomoni shundaki, Chili terma jamoasi Perudan o‘zib ketib, pley-offga chiqishi mumkin edi, agar Boliviya ustidan FIFA tashkilotiga arz qilmaganida!

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabr oyida FIFA Boliviya terma jamoasiga Peru (2:0) va Chiliga (0:0) qarshi o‘yinlarda 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozdi.

Gap shundaki, bu o‘yinlarda Boliviya terma jamoasi tarkibida 33 yoshli himoyachi Nelson Kabrera maydonga tushgan. Vaholanki, futbolchi oldin Paragvay terma jamoasida to‘p surgan va Boliviya safida o‘ynash huquqiga ega bo‘lmagan.

Agar Chili terma jamoasi Boliviya ustidan FIFA tashkilotiga shikoyat qilmaganida, Peruni 1 ochko ortda qoldirib, 5-o‘rinni egallagan bo‘lardi.

Ko‘proq yangiliklar: