Telegram asoschisi​ tug‘ilgan kunida 7 narsadan voz kechadi

Fan-texnika 13:15 / 10.10.2017 23293

10 oktabr kuni 33 yoshga to‘lgan rossiyalik tadbirkor, «VKontakte» va Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z hayotida sog‘lom turmush tarzini olib borish bo‘yicha yangi qadriyatlarni joriy qilajagini so‘zlab berdi. Uning fikricha, ijodiy erkin muhitni sog‘lom saqlab turish uchun o‘z-o‘zini kemiruvchi har qanday illat va odatlardan voz kechish lozim.

Durov voz kechishni bildirgan narsalar orasida tibbiy darmonlar hamda televideniye ham bor. Quyida rossiyalik AT mutaxassisi tez orada butunlay voz kechishni bildirilgan 7 narsaning ro‘yxati keltirilgan.

1) Alkogol;

2) Jonivor go‘shti;

3) Dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari;

4) Nikotin va boshqa har qanday narkotik moddalar;

5) Qahva, qora va ko‘k choy, energetik ichimliklar;

6) Fast-fud, shakar, gazli ichimliklar;

7) Televideniye va uning muqobil o‘rindoshlari;

«Qachonlardir voz kechmoqchi bo‘lganlarimni har biriga izoh berib o‘taman. Hozircha, ularning ongimizga ta'sir qilishini unutmasak bo‘ldi. Sog‘lom turmush tarzini tanlagan insonga «aql» o‘rgatuvchilar ko‘payib boraveradi: «bu mumkin emas, buni bajar» deganday. Aslida, men nimani to‘g‘ri deb bilsam, shuni qila olishimni isbotlamoqchiman»​, deydi u.

So‘nggi marta Durovning shu kabi qarori 2012 yil «Snob»​ nashrida e'lon qilingandi. Ana shunda ham Pavel asketizm ko‘rinishida, pul va ovqatlanishning dabdabasidan voz kechmoqchi ekanligini bildirgandi.

«Men bilan o‘rin almashmoqchi bo‘lgan alkogol, go‘sht va bashang kiyimlardan butunlay voz kechishi kerak»​, degandi u.

«​VKontakte»​da faoliyat yuritgan Anton Rozenbergning aytishicha, hashamatli hayot, qimmatbaho mashina va uy uning so‘zlarida juda «chiroyli» yangradi, ammo amalda xonadon onasining nomiga rasmiylashtirigan edi. Pavel esa Mercedes-Maybach S600 Pullman​ avtomobilini boshqarishda davom etgan.

Ko‘proq yangiliklar: