O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qambarota va Kosonsoy suv ombori bo‘yicha kelishib oldi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
2017 yilning 6 oktabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi va oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston muzokaralari doirasida quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston TIV rasmiy saytida hujjatlar ro‘yxati keltirilgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida chegara hududida ishonch choralari bo‘yicha Bitim.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish uchun javobgarlikni topshirish to‘g‘risida Bitim.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996-yil 4-sentabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Olabuqa tumanida Orto-tokoy (Kosonsoy) suv omborining suv resurslaridan davlatlararo foydalanish to‘g‘risidagi Bitim.
5. O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekgidroenergo» AJ va Qirg‘iziston Respublikasi «Milliy energetika xolding kompaniyasi» OAJ o‘rtasida Qambarota-1 GESini qurish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum.
6. 2017-2018 yillarda Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida Shartnoma.
Mavzuga oid

10:46 / 11.06.2024
Qambarota GES-1 qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuv imzolandi

06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?

14:23 / 18.08.2023