Google Pixel 2, iPhone X, iPhone 8, Galaxy S8 va HTC U11 xarakteristikalari taqqosi

Foto: BGR
Pixel 2 telefonini taqdim etib, Google shundoq ham ajoyib smartfonni yanada yaxshiroq qilish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Yangi telefon asosiy raqobatchilari bilan solishtirilganda nechog‘lik yaxshi ekanligini Leyfxaker sayti tahlil qilib chiqdi.
Ichki qismlari bo‘yicha Pixel 2 va Pixel 2 XL Apple va Samsung’ning eng yaxshi telefonlaridan aslo qolishmaydi. Google yangi qurilmalarini yuqori samaradorli protsessor Snapdragon 835, takomillashtirilgan displeylar va ehtimolki, smartfonlar bozoridagi eng yaxshi kamera bilan ta'minlagan.
Taassufki, kamchiliklarsiz iz bitmabdi: Apple’ning ketidan bu kompaniya ham quloqliklar uchun an'anaviy tuynukdan voz kechibdi. Pixel 2’ning kichigi ekrani atrofida esa qurollanmagan ko‘z bilan gardish ko‘zga tashlanadi va buning oqibatida telefon xuddi avval ishlatilgandek taassurot uyg‘otadi.
Google’dagilarning umid qilishlaricha, yangi telefonlarning asosiy ustunligi — servislar va dasturiy ta'minotda. Xususan, kompaniya sun'iy intellekt va mashina o‘quvi imkoniyatlari bilan ochiqchasiga maqtanmoqda.
Hozircha 2017 yilda ishlab chiqarilgan smartfonlardan qay biri eng yaxshisi ekanligini ta'kidlash uchun erta. Biroq, Google boshqa yirik ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat hosil qila oldi. Bu yilning asosiy flagman telefonlarini ushbu jadval orqali taqqoslab olishingiz mumkin.
Mavzuga oid

16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

18:14 / 17.02.2025
Telefonga qaramlik: texnologiyalar bizni qanday tobe qilmoqda?

16:38 / 23.01.2025