Foto: Toshkentda 2000-yillar boshida yopilgan yo‘l ochilmoqda

Foto: KUN.UZ
Toshkent shahrida Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga olib chiquvchi yo‘l qayta tiklanmoqda. «Kun.uz»ning vaziyatdan xabardor manbasi ma'lumot berishicha, Sharof Rashidov ko‘chasining Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga qadar bo‘lgan qismi 2 kun ichida ochiladi.
2000-yillarning o‘rtalarida yopilib, yashil maydonga aylantirilgan hududda bir necha oydan buyon tozalash ishlari olib borildi, daraxtlar boshqa joyga ko‘chirildi va avvalgi yo‘l tiklandi.
Ayni vaqtda oxirgi tozalash ishlari olib borilmoqda.
Qayd etish kerakki, bu yo‘l yopilishi Yunusobod tumanini shahar markazi bilan bog‘lovchi Amir Temur shoh ko‘chasida avtomobil qatnovini sezilarli darajada oshirib, tirbandliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid

17:23 / 27.08.2022
Komil Allamjonov: «No photo, no video muammosi allaqachon yo‘qotilishi kerak edi»

12:40 / 03.05.2021
Fotoreportaj: Mustaqillik maydonidagi favvora yana ishlay boshladi

10:37 / 29.04.2021
Qarshida o‘rnatiladigan flagshtok ustunining o‘ziga 1,35 milliard so‘m sarflanishi ma'lum qilindi

11:43 / 31.08.2020