Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri o‘z lavozimini nimaga tark etganini eslatib o‘tdi

Jahon 21:55 / 02.10.2017 15342

"Biz muhim voqea arafasida turibmiz. Biz saylovlar ochiq-oydinlik va halollik muhitida o‘tishi uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirdik", deb aytdi Qirg‘izistonning Chuy viloyati, Sokuluk tumani aholisi bilan uchrashuv vaqtida Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri, mamlakatning sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov.

Uning aytishicha, adolatli saylovlar o‘tkazilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. "Hammaga ham bu yoqmaydi. Meni ma'muriyatdagi zaxiralardan foydalanishda ayblashmoqda, biroq men saylovlarda hamma nomzodlarga bir xil sharoitlar ta'minlanishi uchun bosh vazir lavozimini topshirdim. Meni xalqimiz qayerda haqiqat boru, qayerda yo‘qligi, qayerda aniq maqsadlar boru, qayerda odamlarni aldashga urinishlar borligini bilishga harakat qilayotgani quvontiradi. Bugungi kunda Qirg‘izistonning haqiqiy vatanparvarlari xalqni bo‘m-bo‘sh va'dalarga uchrab qolmaslikka chaqiradi", deb aytgan Jeenbekov.      

U katta ish tajribasiga egaligi, boshqaruvning barcha pillapoyalaridan o‘tganini, qishloqda ishlagani, o‘qituvchi, zootexnik, Jogorku Kenesh deputati, qishloq xo‘jaligi vaziri, gubernator va nihoyat bosh vazir bo‘lganini eslatib o‘tgan. 

Jeenbekov agar saylovchilar unga ishonch bildirishsa va u prezident etib saylansa, barcha kuch va imkoniyatlari, bilimi va qobiliyatlarini o‘z xalqi va davlatiga xizmat qilishga baxsh etishini aytgan. "Menda bunga tajriba ham, bilim va iroda ham yetadi. Men uchun davlat manfaatlari barchasidan ustun", deb o‘z so‘zlarini yakunlagan nomzod.

Ko‘proq yangiliklar: